PAHLAVON MAHMUD

PAHLAVON MAHMUD, Puryoyvaliy, Qitoli (1247, — 1326, Xiva) — shoir va mutafakkir. Futuvvat-juvonmardlik guruhining ulugʻ peshvolaridan biri. Fors tilida ijod qilgan. Poʻstindoʻzlik, telpakdoʻzlik bilan shugʻullangan. Hindiston va Eronda polvonlikda dong taratgan. Shunga koʻra, Paxlavon Mahmud deb atalgan. Fors va turkiy xalklar adabiyotida Umar Xapyomdan soʻng faqat ruboiy yozgan shoir Pahlavon Mahmud dir. U Xayyomning oddiy taqlidchisi boʻlmay, mushohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan. Pahlavon Mahmud shahar hunarmandkosiblarining futuvvat-juvonmardlik harakati (13—14-a. lar) tashkilotchisi, maʼnaviy rahnamosi boʻlgan. Koʻpchilik ruboiylari mardlik, marhamat va shafqat, saxovat va oli-janoblik kabi juvonmardlik prin-siplari asosida yozilgan. Asarlarida tasavvuf taʼlimotining nazariy gʻoyalari bilan juvonmardlik tariqatining amaliy qoidalari oʻzaro omuxta holda bayon qilingan. Unga koʻra, xudo diydori koinotdagi barcha mavjudotlarda aks etadi. Pahlavon Mahmud moddiy borliqning manguligi, inson va tabiat, yor vasli va uning lazzati haqida fikr yuritadi. Ruboiylari fikrning ravshanligi, mazmunning teranligi, obrazlarning rang-barangligi bilan ajralib turadi. Ularda «yor», «doʻst», «maʼshuqa», «jonona» kabi soʻzlar turli maʼnolarda, soʻfiyona sheʼrlarida «xudo» maʼnosida keladi. Pahlavon Mahmudga nisbat beriladigan «Hazrati Paxlavon ruboiylari»ning qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi.

«Qomus ul-aʼlom» (Sh. Somibek) va «Otashkadai Ozariy» (L. Alibek) va «Haft-iqlim» (A. Roziy) nomli asarlarda xabar berilishicha, Pahlavon Mahmud «Kanz ul-haqoyiq», («Haqiqatlar xa-zinasi», 1303—04) nomli masnaviy ham yozgan, lekin asar hali topilmagan. Xorazmda yozilgan qoʻlyozma mano-qibdya shoir hayoti haqida maʼlumotlar bor. Uning vasiyatiga koʻra, jasa-di oʻzining poʻstindoʻzlik ustaxonasiga dafn etilgan. Vaqt oʻtishi b-n maqbara atrofida Pahlavon Mahmud majmuasi vujudga kelgan. Ruboiylari Toʻxtasin Jalolov, Muinzoda, Vasfiy, Matnazar Abdulhakimov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

As: kim agar ozoddur [Ruboiylar], T., 1992.