PACHEKO

PACHEKO Abel de la Espriella (1933.22.12, San-Xose) – Kostarika davlat arbobi. Kostarika Milliy un-ti va AQSH ning Luiziana davlat un-tini tugatgan. Psixiatriya klinikasi direktori, Kostarika un-t tib-biyot f-ti prof. (1973—76), televideniye sharhlovchisi, mualliflik televizion dasturlarini olib boruvchi (1976—96). Kostarika Sotsial-xristian birlik partiyasi prezidenti (1996), Sotsial-xristian birlik partiyasidan Kostarika parlamentida kongress aʼzosi (1998—2002). 2002-y. 7 apr. dan Kostarika Respublikasi prezidenti.