PAXTA TOZALASH SANOATI MASHINASOZLIGI — paxta tozalash sanoa-piat mashina-texnikalar bilan taʼminlaydigan ogʻir mashinasozlik tarmogʻi. Paxta tayyorlash maskanlari, paxta to-zalash z-dlari uchun texnologik qurilmalar (paxtani tayyorlash, quritish, tozalash, saklashda qoʻllaniladigan mashi-nalar va mexanizmlar), arrali va joʻvali (valikli) jin mashinalari, linterlar, tola tozalagichlar, chigit saralash va tozalash mashinalari, transportyorlar, paxta gʻarambuzgichlari, paxta uzatkichlar, tunnel ochish mashinalari, paxta gʻaramlarini shamollatish va chang tutish mashinalari, shuningdek, kanopni kayta ishlash mashina va qurilmalari (jami 50 nomdan ortiq mahsulotlar) ishlab chiqaradi.
Oʻzbekistonda Paxta tozalash sanoati mashinasozligi sm. korxonalari Oʻzbekiston mashinasozlik korxonalari uyushmasi — «Oʻzmashsanoat» tarki-bida jamlangan. Tarmoqda «Oʻzpaxtamash» aksiyadorlik jamiyati (sobiq Toshkent mashinasozlik z-di, 1947), Andijon «Tojmetall» aksiyadorlik jamiyati (1970), Samarqand «Paxtamash» (1956) va Kattaqoʻrgʻon «Paxtamash» aksiyadorlik jamiyatlari, (1939; 1966-y. dan paxta tozalash asbob-uskunalari i. ch. ga ixtisoslashgan), Chustdagi «Olmospaxtamash» aksiyadorlik jamiyati (1974), Toshkent «Paxtajin KB» aksiyadorlik jamiyati paxta tozalash uskunalari konstruktorlik byurosi (1953) bor.
Ishlab chikarilgan mashina va mexanizmlar MDH dagi paxtakor mamlakatlar va bir nechta chet mamlakatlarga chikariladi. Tarmoqdagi yirik korxo-na «Uzpaxtamash» aksiyadorlik jamiyati (Toshkent mashinasozlik z-di) 1947-y. da ishga tushirilgan. 3-d 1951-y. dan paxta tozalash sanoati uchun texnologik uskunajihozlar va ehtiyot qismlar i. ch. ga ixtisoslashtirildi («Tosh-paxtamash2»). Korxona 2002-y. da «Uzpaxtamash» nomini oldi.
Oʻzbekistonda 1978-y. da paxtani kayta ishlash boʻyicha potok liniyalari ishlab chikarildi va paxta tozalash sanoatidajoriy qilindi. «Mehnat» va RX-1 tola tozalagich mashinalari Zagreb (1977), Plovdiv (1979) xalqaro yarmarkalarining oltin medaliga sazovor boʻlgan.