PAXPARDOZ

PAXPARDOZ (fors, pax — qirra) , yoyma pardoz — oʻymakorlikda pardoz turi; qirra hosil qilish uchun boʻrtma naqsh yuzasi bir tomonga to zaminiga qadar qiya kesib pardozlanadi. Ganch, yogʻoch oʻymakorligida, ayniqsa, zanjira mujassamotida keng qoʻllanadi. Paxpardoz natijasida nursoya oʻyini mayin koʻrinishga ega boʻladi. Shifti baland binolar (turar joy, jamoat binolari)da boʻrtma shakllarga pardoz berishda choka pardoz b-n birga keng qoʻllanadi. Paxpardoz, ayniqsa, 14—15-a. larda tosh, yogʻoch, terrakota oʻymakorligida ustalar tomonidan keng qoʻllanilgan. 20-a. da usta M. Usmonov, A. Quliyev va b. ijo-dida Paxpardozni qoʻllab jozibali naqsh na-munalarini yaratdilar. Samarqandda yoyma pardoz deb ataladi.