PATOM TOGʻLIGI

PATOM TOGʻLIGI — RF Irkutsk viloyatidagi togʻlik. Gʻarb, jan. va sharqda Vitim va Lena daryolari vodiysi orasida yotadi. Bal. 1200—1300 m (eng baland joyi Longdor togʻi, 1924 m). Proterozoyning kristalli slanes, ohaktosh va kvarsitlaridan, shim. quyi paleozoy jinslaridan tarkib topgan. Yon bagʻirlari 900—1100 m balandlik-kacha kedr aralash qaragʻay taygasi, undan yuqorisi pakana kedr va qayin b-n, 1200 m dan yukrrisi toshloq tundra bilan qoplangan. Oltin konlari va qurilish materiallari bor.