PARFYUMERIYA

PARFYUMERIYA (frans. parfum — yoqimli hid, atir) — teri, soch, kiyimlarni xushboʻy qiluvchi, shuning-dek, gigiyenik vosita sifatida qoʻlla-nadigan mahsulotlar. Qadimda xushboʻy moddalar sifatida faqat tabiiy mah-sulotlar (efir moylari, balzam va b.) ishlatilgan. Organik kimyogtj rivojlanishi natijasida efir moylari va hayvon mahsulotlari (anbar, mushk va X..K.) bilan bir qatorda Parfyumeriya mahsulotlari tayyorlaщda sintetik xushboʻy moddalardan foydalanila boshlandi.

Atir, upa, atir sovun, lab boʻyoklari, odekolon, xushboʻy suv, shuningdek, ter va uydagi noxush islarni yoʻqotishda qoʻllanadigan dezodorantlar, tirnoq va soch loklari ham Parfyumeriya mahsulotidir (yana q. Kosmetika, Parfyumeriya-kosmetika sanoati).