PARVON JANGI

PARVON JANGI (1221) – Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi olib borgan janglaridan biri. Jaloliddin oʻzining turli qabilalardan tashkil topgan qoʻshini (60—70 ming kishi) bilan moʻgʻullarga qarshi chiqib, Parvon yaqinida jang maydonini egallagan. U bu yerda turib dastavval Toxaristondagi Valiyon (yoki Valishton) qalʼasini qamal qilayotgan moʻgʻul qoʻshinini tormor etgan. Chingizxon Jaloliddinga qarshi Shiki-Xutuxu noʻyon boshchiligida qoʻshin (30 ming, boshqa manbaga koʻra, 45 ming kishi) joʻnatgan.

Parvondan bir farsax (6—7 km) masofadagi yerda boʻlgan jangda musulmonlarning oʻng qanotiga Jaloliddinning qaynotasi, qangʻlilar qoʻshini sardori Amin al-mulk, soʻl qanotiga Say-fuddin Agʻroq turkman xalajlardan tashkil topgan qoʻshinga boshchilik qilgan. Jang ikki kun davom etgan, Juvayniyning hikoya qilishicha, Shiki-Xutuxu noʻyon ikkinchi kunga oʻtar kechasi dushman moʻgʻullarga madad kuchlari yetib kelibdi deb oʻylashi uchun oʻz qoʻshiniga kigiz va choponlar orasiga poxol solib va bosh kiyim kiygizib qoʻriqchi yasashni, ularni qoʻshimcha otlar ustiga oʻtqazib, tuyalar karvoni va aravalar orasiga saflashni amr qilgan. Dastlabiga bu ayyorlik ish bergan, ammo, Jaloliddin qoʻshiniga dalda be-rib ularni olgʻa boshlagan. Moʻgʻullar qattiq jangdan holdan toyganlarida Jaloliddin karnay chaldirib qoʻshi-niga otlarga minishga farmon bergan va umumiy hujumga oʻtgan, shu bilan jang taqdiri hal boʻlgan. Shiki-Xutuxu faqat ozgina jangchilari b-n Chingizxon huzuriga qaytib kelgan.

Parvon jangi moʻgʻullarning bu urushdagi eng katta magʻlubiyati boʻlgan. Moʻgʻullar bosib olgan koʻpgina shaharlarda xalq qoʻzgʻolon koʻtarib moʻgʻul noiblarini oʻldirganlar. Ammo, Parvon jangi dagi gʻalaba Jaloliddin uchun halokatli oqibatlarga olib kelgan. Jangdan soʻng Jaloliddinning lashkarboshilari oʻlja (ajoyib arab oti) ustida janjallashib qolganlar. Jaloliddin ularni tinchita olmagan. Sayfuddin Agʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar malik uni tark etganlar. Jaloliddinning yonida faqat Amin almulkgina oʻz qangʻlilari bilan qolgan, xolos.

Manba: Shixab ad-din Muxammad anNasavi, Jizneopisaniye sultana Djalal ad-dina Mankburnы, Baku 1973.

Ad.: Buniyodov Ziyo, Anushtagin Xorazmshohlar davlati (1097—1231), T., 1998.

Faxriddin Hasanov.