PARALLEL (yun. parallelos — yonida boruvchi) — 1)geografiyada — Yer yuzasida ekvatorga parallel oʻtkazilgan shartli doyra chizigʻi. Xarita, globuslarda gradus toʻrining asosiy tarkibiy qismi. Parallel sharq bilan gʻarbni kursatadi. Ekvatordan uzoqlashgan sari P. qisqara boradi. Bir Parallelda yotgan barcha nuqtalarning geografik kengligi bir xil boʻladi;
2) astronomiyada – osmon sferasining kichik aylanasi; tekisligi osmon ekvatori tekisligiga parallel boʻladi. Osmon sferasining olam oʻqi atrofida koʻrinma sutkalik aylanishi natijasida osmon nuqtalari (olam qutblaridan tashqari) oʻtgan yoʻllardan iborat;
3) geometriyada — q. Parallel toʻgʻri chiziqlar.