PARAGNEYS

PARAGNEYS — Yer poʻstida hosil boʻlgan metamorfik togʻ jinsi. Choʻkindi togʻ jinslari (qumtosh va gilli slaneslar) ning Yer poʻsti chuqur zonalarida metamorfizmning amfibolit fatsiyasida kayta kristallanishi natijasida hosil boʻladi. Tarkibi boshqa xarakterli minerallar (andaluzit, sillimanit, disten, kordiyerit, turmalin va b.) qoʻshilgan kvars va dala shpatlaridan iborat; qoʻshilgan minerallarga qarab Paragneysning xillari farq qilinadi. Paragneysda giltuproq bir oz koʻp boʻladi. Paragneys dastlabki materialiga qarab magmatik jinslarning oʻzgarishidan hosil boʻlgan ortogneyslaщan farq qiladi (yana q. Gneys).