PARABOLA

PARABOLA (yun. parabole) — 2-tartibli yassi egri chiziq; har bir nuqtasidan fokus deb ataladigan nuqta va direktrisa deb ataladigan toʻgʻri chiziqqacha masofalari teng boʻladi (rasm, a). Fokusdan oʻtib, direktrisaga tik boʻlgan FN toʻgʻri chiziq P. ning oʻqi, oʻq bilan Parabolaning kesishish nuqtasi uchi deyiladi. Parabola oʻz oʻqiga nisbatan simmetrik chiziq. Havo qarshiligi qisobga olinmasa, boshlangʻich tezligi vertikal boʻlmagan, erkin harakatlanayotgan jiyemning trayektoriyasi Parabola chizadi. Parabolani oʻz oʻqi atrofida aylantirib hosil qilingan sirt (aylanma paraboloid) parallel nurlarni bir nuqtaga yigʻadi va, aksincha, fokusidan tarqalayotgan nurlar paraboloiddan qaytib, parallel dasta hosil qiladi. Parabolaning bu xossasidan projektor va avtomobil faralari yasashda, quyosh energiyasini qoʻllash (konsentratorlar) da foydalaniladi.