PANTOMIMA

PANTOMIMA (yun. pantomimos — fa-kat tana harakati bilan oʻynovchi aktyor, taklid) — sahna sanʼati turi. Unda badiiy obraz soʻzsiz, mimika, imo-isho-ra, gavdani har maqomga solish orqali yaratiladi. P. Yevropada Yunoniston va Rimda, Osiyoda Xitoy, Hindiston, Xo-razm, Baqtriyada mil. av. 5—4-a. larda yuzaga kela boshlagan. Oʻrta asrlarda Pantomima katta bir sanʼatga aylanib, koʻpgina janrlarda (drama, fojia, ertak, pamflet kabi) qoʻllandi. Baʼzan musiqa, ashula, hatto deklamatsiya (suxanpardozlik) bilan qoʻshib olib boriladi. 20-a. da Pantomimada Marsel Marso mashhur boʻldi.

Oʻzbek xalqining qad. masxa-rabozlik teatrida ham Pantomima sanʼati katta oʻrin egallagan. Taqlid deb atalgan uzbek Pantomimasi, xususan, Amir Temur va Temur iylar saltanatida yaxshi taraqqiy etgan. 19-a. 2yarmi va 20-a. boshida Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududida yashovchi masxarabozlar, Turkiston oʻlkasidagi qiziqchilar tomonidan yaratilgan 3 toifa Pantomimalar rasm boʻlgan: qush va hayvonlar takdi-di — ramziy Pantomimalar va ijtimoiy hayot voqealarining umumlashma inʼikosi — hajviy Pantomima lar. Sovet davrida Pantomimaga kam eʼtibor berildi. Shunga karamay, Xorazm, Fargʻona vodiysida Pantomima ustalari hamon uchraydi. Rej. va dramaturg L. Boboxonov uzbek Pantomima sini tiklash boʻyicha birmuncha ishlar qildi: badiiy dastur tuzdi, «Qoʻgʻirchoqboz» degan film yaratdi. Soʻnggi yillarda Pantomima mavqeini tiklash boʻyicha qiziqchi Mirzabek Xolmedov faoliyati eʼtiborlidir.

Muhsin Qodirov.