PANTOGRAF

PANTOGRAF (pan… va graf) — 1) bir masshtabdagi chizma plan va xaritalar-. ni boshqa (odatda, kichik) masshtabda va, aksincha, koʻchirib chizadigan asbob. Turli oʻlcham va konstruksiyalarda yasaladi. Uning osma gʻildirakchali va b. xillari boʻladi. Asl nusxa masshtabi b-n koʻchirilayotgan nusxa masshtabi nisbatini xoxlagancha uzgaotirish mumkin; 2) motorli vagon yoki elektrovoz tomiga oʻrnatilib, kontakt tarmogʻi simidan tok oladigan qurilma. Prujinalar yordamida kontrakt tarmogʻiga qisib turadigan polzun (changʻilar va kontakt quymalar) dan iborat. Pantograf yuqori tezlikda sim bilan yaxshi kontakt hosil qilishga imkon beradi, transprotning yoʻnalishi oʻzgarganda qayta oʻrnatishni talab qilmaydi.