PANTEON

PANTEON (yun. pantheion — ibodatxo-na) — 1) Qad. Rimdagi «barcha xudolar ibodatxonasi» (2-a.). P. yarim doyra shaklidagi qirrador gumbazli (diametri 43 m dan oshiq) inshoot. Markazida in-teryerni yoritib turuvchi tuynuk bor (diametri 9 m ga yaqin). Ichki gumbazi hovuzaklarga (kataksimon shaklda) boʻlingan. Kirish tomoni peshtoqli, 16 ta korinf ustunlari (8 tasi peshtoq oldida, qolgani ichkariroqda) bezab turadi. Oʻrta ayerlarda Panteon cherkovga aylangan. Hozir milliy muzey, unda buyuk italyan sanʼati vakillari (Rafael, B. Perussi va b.) dafn etilgan;

2) mashhur shaxslar maqbarasi (Rim va Parijdagi Panteonlar, Londondagi Vestminster abbatligi).