PANSIONAT

PANSIONAT (frans. pensionnat) — dam olish uyining bir turi yoki kurortda dam oluvchilar mehmonxonasi. Asosan, shahar tashqarisida, xushman-zara joylarga quriladigan bino va inshootlar majmui. Pansionat xonalari 1 kishiga, oilaviy va keksa kishilarga moʻljallanganligi b-n dam olish uylaridan farkdanadi. Pansionatda yotoq korpusi, oshxona, kinokonsert zali, maʼmuriy, xoʻjalik va b. yordamchi xonalar boʻladi.