PANPSIXIZM

PANPSIXIZM (pan… va yun. psyche — ruh, jon) — tabiatni umuman jonli deb hisoblovchi tasavvur. P. ning tarixiy shakllari xilma-xil boʻlib, ibtidoiy eʼtiqod boʻlgan animizm va yunon falsafasidagi gilozoizmdan tor-tib to ruh va psixikani dunyoning haqiqiy mohiyati deb talqin etuvchi rivojlangan taʼlimot (G. V. Leybnisning monada konsepsiyasi, G. T. Fexner, K. G. Yung va b. ning falsafiy gʻoyalari)gacha oʻz ichiga oladi.