PANORAMA

PANORAMA (pan… va yun. horama — koʻrinish) — tasviriy sanʼat turi; aylana tarxli zal devoriga gorizon-tal qoplab ishlangan kartina. Illyuziya yordamida vokeani jonli gavdalantirish maqsadida kartina oldiga butafor va real narsalar (binolar, joylar, turli maketlar, kishilar, hayvonlar, narsalarning shakllari) joylashtiriladi. Panorama sunʼiy yoritishga moʻljallanadi. Tomoshabinlar Panoramani zal markazidagi maxsus maydonchadan koʻradilar. Dastlabki Panorama 18-a. oxirida (irland rassomi R. Barker tomonidan) yaratilgan, 19-a. dan keng tarqalgan, batal janridagi Panorama ommalashgan.