PANNONIYA

PANNONIYA (Pannonia) — 8-a. da bar-po etilgan Rim viloyati (provinsiyasi). Hoz. Vengriya hududining gʻarbiy qismi, sobiq Yugoslaviyaning shim. kis-mi va hoz. Avstriyaning sharqiy qismidan iborat boʻlgan. Pannoniya atamasi illiriylarta mansub pannonlar qabilasi nomidan olingan. Rimning 400-yillik huk-mronligi natijasida Pannoniya juda romanlashgan Pannoniyaga muttasil koʻchib kelayotgan varvarlar hisobiga qishloq aholisining nufusi ortgan va bu holat viloyat iqtisodiyotida q. x. tarmogʻi ustuvorligini taʼminlagan. Mil. 2—5a. larda chegara hududlarida yashovchi qabilalar (kvadlar, markomannlar, sarmatlar, gotlar, gunnlar va b.) bilan boʻlgan doimiy urushlar oqibatida Pannoniya dagi Rim hukmronligi 5-a. boshiga kelib barham topgan.