PANIN Anatoliy Nikolayevich

PANIN Anatoliy Nikolayevich (1949.12.3, RF Tula viloyati Uzlovskiy tumani) — kon ekskavatori mashinisti, Oʻzbekiston Qahramoni (1995). Mehnat fa-oliyatini 1967-y. da Tula viloyati Novomoskovsk sh. dagi qurilish boshqarmasida ekskavator mashinisti boʻlib ishlashdan boshlagan. 1970-y. dan Navoiy viloyati Uch-quduq sh. dagi Shimoliy kon boshqarmasiga qarashli oltin rudalari ochiq usulda qazib olinadigan konlarda ekskavator mashinisti yordamchisi, ekskavator mashinisti, 1983-y. dan shu boshqarmaga qarashli ochiq usuldagi «Sharq» konida ekskavator mashinistlari brigadiri.

Panin oltin rudalarini ochiq usulda qazib olishda samarali va ilgʻor tajribalardan unumli foydalanib, i. ch. da yuksak natijalarga erishdi.