PANJOBILAR

PANJOBILAR — Pokiston (Panjob viloyati, 81 mln. kishi, 1990-y. lar oʻrtalari) va Hindiston (Panjob shtati, 8,9 mln. kishi)dagi xalq. Umumiy soni 90 mln. ga yaqin kishi. Panjobi tilida soʻzlashadi. Hindistondagi Panjobilar, asosan, hinduizmga, Pokistondagilar esa, islom diniga (asosan, sunniylar) eʼtiqod qiladi. Panjob, madaniyatning eng qad. beshiklaridan biri xisobla-nadi. Mil. av. 3-ming yilliqsa bu hududda Xapanna madaniyati tarkalgan. Panjobilar et-nik va til jihatdan Oʻrta Osiyo va Eronning eng qad aholisi bilan qardosh. Panjobni bosib olgan forslar, yunonlar, saklar va parfiyaliklar, kushonlar, arablar, turkiylar, moʻgʻullar Panjobilarning tarixiy etnogenezida maʼlum rol oʻynagan. Bobur Hindistonni zabt etgandan soʻng (1526) Panjobga afgʻonlar va oʻzbeklar ham koʻchib kelgan. Panjobilar xalqsifatida 17—18-a. lardashakllangan. Asosiy mashgʻuloti — dehqonchilik, hunarmandchilik.