PANJOB

PANJOB — Pokistonning shim.shar-qiy qismidagi viloyat. Hind daryosining Chinob va b. irmoqlari havzasida. Mayd. 205,3 ming km2. Aholisi 72,6 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi — Lohur sh. Yer usti allyuviy jinslardan tuzilgan. Daryolar yozgi musson davrida toshib, oʻzanini oʻzgartirib turadi. Relyefi bir oz qiya, jarlar bor. Iqli-mi quruq tropik iqlim. Oʻrtacha t-ra yanv. da 13—16°, mayniki 35°. Yillik yogʻin 150 mm.

Panjob — mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan qismi. Xoʻjaligining yetakchi tarmogi — sugʻorma deh-qonchilik. Mamlakat hududining 1/4 qismi, aholisining yarmidan ortigʻi Panjob hissasiga toʻgʻri keladi. P. Pokistonda yetishtirilayotgan bugʻdoy, sholi, paxta va shakarqamishning asosiy qismini, sanoat mahsulotining deyarli yarmisini beradi. Asosiy q. x. ekinlari — bugʻ-doy, grem, bajra, sholi, jovar, mak-kajoʻxori, paxta, shakarqamish va moyli ekinlar. Chorvachilik bilan viloyatning shim. va shim.-gʻarbiy r-nlarida shugʻullaniladi, asosan, qoʻy, echki boqiladi. Koʻmir, surma, toshtuz, tabiiy gaz, neft qazib chiqariladi. Layalpur va Moʻlton sh. larida ip gazlama sanoatining nisbatan yirik korxonalari joylashgan. Oziq-ovqat, koʻn-teri, mashi-nasozlik, metallsozlik, kimyo, qogʻoz, sement, paxta tozalash korxonalari bor. Hunarmandchiliqsa metall va sopoldan uy-roʻzgʻor buyumlari, fil suyagidan badiiy buyumlar tayyorlanadi.