PANJOB

PANJOB — Jan. Osiyodagi tarixiy va geografik viloyat. Hindgang tekisligining shim. qismi. Jelam, Chinob, Ravi, Bias va Satlaj daryolari (Hind havzasi) dan sugʻoriladi. Jahon madaniyatining eng qad. markazlaridan biri (q. Xapanna madaniyati). Panjobni mil. av. 6-a. da forslar, mil. av. 4-a. da Aleksandr qoʻshinlari, milodning boshida ku-shonlar bosib olgan; 10-a. dan 18-a. ning 2yarmigacha musulmon hukmdorlari qoʻlida boʻlgan. 16-a. da Panjob hududida sikhlar harakati boshlanib, natijada ular oʻz davlati (1765—1849) ni barpo etganlar. Bu davlat ingliz-sikh urushlari (1845—46 va 1848—49) natijasida ingliz mustamlakachilari tomonidan bosib olingan. 1947-y. da Panjob hududi Hin-diston bilan Pokiston oʻrtasida boʻlib olingan: sharqiy Panjob Hindiston Respublikasi shtatiga, gʻarbiy P. Pokiston viloyatiga aylangan.