PANEL

PANEL (nem. Paneel) — 1) qurilish konstruksiyasining z-dda tayyorlanadigan yirik oʻlchamli yassi elementi. Panel tayyorlanayotganda deraza va eshik oʻrinlari qoldiriladi;

2) devor va b. ning bezak qoplamasi (yogʻoch, plastmassa, moy-boʻyoqli va b.);

3) koʻcha chetida piyo-dalar uchun asfalt-beton, tosh va b. dan toʻshalgan yoʻlkalar;

4) elektr shchitlari, boshqaruv pultlari, radiotexnik qurilmalar, asboblar va b. ning signal, nazorat, oʻlchash va b. apparatlari joylashtirilgan qismi;

5) fermaning asosiy nagruzkani qabul qiladigan ikki qoʻshni uzeli orasidagi qismi.