PANDEMIYA

PANDEMIYA (yun. pandemos — yolpasiga, xalqaro) — epidemik kasallikning bir mamlakat, bir necha mamla-kat, qitʼa yoki kontinentda yoppasiga tarqalishi. Pandemik tarqalish havo-tomchi yoʻli bilan yuqib, inkubatsion davri qisqa yuqumli kasalliklarga xos. Gripp kasalligi bunga misol boʻla oladi.