PANGENEZIS

PANGENEZIS (pan… va… genez) – naslda oldingi avlodlar belgilarining paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi Ch. Darvin (1868) nazariyasi. Pangenezisga bino-an, organizmning hamma hujayralari oʻzidan juda mayda zarrachalar — gemmulalar ajratib chiqaradi. Gemmulalar jinsiy organlarda toʻplanib, jinsiy hujayralarni hrsil qiladi. Ular orqali belgilar (jumladan, yangidan qosil qilingan) irsiylanadi. Pangenezis nazariyasi qad. natur faylasuflar (Demokrit, Gippokrat) tasavvurlariga oʻxshab ketadi. Pangenezis orqali Darvin jinsiy va jinssiz koʻpayish hamda regeneratsiyani tushuntirishga harakat qildi. F. Galton (1871) va b. olimlar Pangenezis nazariyasini tajribada tekshirib koʻrib, inkor qilishdi. Golland oli-mi X. De Frizning (1889) hujayra ichi Pangenezisi nazariyasiga binoan, organizm xususiyatlarini belgilovchi «pangenlar» hujayra yadrosida boʻladi; faqat hujayra tuzilishini belgilovchi genlargina sitoplazmaga chiqadi.