PAMFLET

PAMFLET (ing. pamphlet — qoʻldagi bir varaq) — biror siyosiy tuzum, ijtimoiy voqelik, u yoki bu toʻda hamda guruxlar faoliyatini, xatti-harakatlarini fosh qiluvchi hajviy-tanqidiy publitsistik asar. P. boshqa hajviy janrlardan badiiy toʻqimaning ozligi, aniq hujjatlarga, tarixiy hujjatlarga asoslanishi bilan farq qiladi. Pamfletda jamiyatdagi, turli shaxslar xa-rakteridagi nuqsonlar achchiq kinoya, oʻtkir sarkazm vositalari bilan fosh etiladi. Pamfletning ilk namunalari antik davrda yaratilgan. Pamfletlar koʻpincha kichik xajmdagi asarlar (maqola, ocherk va b. tarzda) boʻlgan. Keyinchalik katta hajmdagi badiiy asarlar ham Pamflet usulida yaratildi (J. Svift «Gulliverning sayohatlari» romani, B. Brexptnng «Mister Uining martabasi» pyesasi va b.). P. janr sifatida Reformatsiya davrida shakllandi (M. Lyuter, Erazm Rotterdamskiy). 19—20-a. larda V. Gyugo, E. Zolya, G. Mann, L. N. Tolstoy va b. P. lari keng tarqaldi. Uzbek adabiyotida Abdulla Qodiriy («Lahmi kadid», «Sa-namparast tentaklar»), Gʻafur Gʻulom («Sharaf qoʻlyozmasi»), Abdulla Qahhor («Baron Fon Ring») P. lari maʼlum.