PAMFILIYA — qadimda Kichik Osiyoning jan. dagi (hoz. Turkiyaning jan.) tarixiy viloyat. Axomaniylar davlati (mil. av. 6-a. dan), Aleksandr (mil. av. 4-a. ning 2yarmidan), Ptolemeylar, Salavkiylar, Pergam davlatlari tarkibiga kirgan; mil. av. 133-y. dan ular bilan birga Rimga boʻysundirilgan. Mil. 43 y. Likiya va Pamfiliya Rim provinsiyasini tashkil etgan.