PAMPANGAN

PAMPANGAN, pampango, kapampanganlar — Filippindagi Pampanga viloyati (Luson o. markazi va jan.gʻarbiy qismi)dagi xalq. Umumiy soni 2 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Filippin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. Anʼanaviy mashgʻulotlari — sugʻorma dehqonchilik va qoramolchilik. Hunarmandchiligi — kulolchilik (Xitoy taʼsirida), temirchilik, kashtachilik, toʻqimachilik.