PAMPA

PAMPA, Pampas (kechua indeyslari tilida pampa — oʻtloq) — 1) Jan. Amerikadagi, asosan, oʻt oʻsimliklari oʻsadigan baʼzi bir tekisliklarning nomi. Aslida Argentina hududining 29—39° j. k. lar orasi va gʻarbda Syerras-de-Kordova togʻlarigacha boʻlgan joylar Pampa deyiladi. Yer yuzasi sharqida botqoqli pasttekislik. Gʻarbidadyunalar uchraydi; jan.sharqida togʻlar bor (eng baland joyi 1250 m). Iqlimi subtropik, gʻarbida kontinentalroq iqlim. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 19—24°, iyulniki 6—10°. Iillik yogʻin 800—950 mm, gʻarbida 300—500 mm. Jan. dan kuchli shamol (pamperos) esib turadi. Oqar suv kam. Eng yirikdaryosi — Parana va uning irmoklari. Tuprogʻi sharqida qiz-gʻish-qora, gʻarbida boʻzjigarrang tuproq. Hoz. vaqtda Pampaning tabiiy oʻsimliklari deyarli butunlay yoʻq qilinib, oʻrni ekinzor (bugʻdoy, makkajoʻxori) va yaylovga aylantirilgan. P. Argenti-naning asosiy iqtisodiy r-ni.

2) Jan. Amerika jan. ning tekislik qismlarida oʻsuvchi subtropik dasht oʻsimliklari.