PALMIRA

PALMIRA — Suriyaning shim.sharkiy qismidagi qad. shahar (hoz. Tadmor sh. yaqinida). Karvon savdosi va hunarmandchilikning yirik markazi. Mil. 1—3-a. larda ancha rivojlangan. Arxeologik qazishmalar natijasida antik shaharning rejali qurilgan koʻchalari, ibodatxona, qabriston, haykallar, mozaika, naqshlar topilgan.