PALMETTA

PALMETTA (frans. palmette) — palma daraxti bargisimon meʼmoriy be-zak, naqsh turi. Palmettalar hoshiyalar, devor bezaklarida qoʻllaniladi. Dastlab qad. Sharq va Yuno-niston, keyinchalik Italiya orn,ali Yevropa mamlakatlari meʼmorligida qoʻllangan. Palmetta nusxalari amaliy sanʼatda turli idish, gazlama va b. ni badiiy bezashda foydalaniladi.