PALMA

PALMA, Palma-demalyorka — Ispaniyadagi shahar, Malyorka o. (Balear o. lari)da. Balear Orollari viloyati va Baleares provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 319,1 ming kishi (1998). Aeroporta xalqaro ahamiyatga ega. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn-poyabzal, kemasozlik, oynashisha sanoati korxonalari, un-t bor. Gilam ishlab chiqariladi. Shaharga 3-a. da asos solingan. 13—15a. larga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan. Palma va uning atrofi dengiz iqlim kurorti. Turizm markazlaridan.