PALUBA

PALUBA (slavyancha luba — yoʻnilgan taxta) — kemalarning suv oʻtkazmaydigan gorizontal yogʻoch yopmasi. Yuqori va pastki Paluba larga boʻlinadi. Yuqori Paluba umumiy mustahkamlikni va koʻndalang biqolikni taʼminlaydi. Pastki Paluba kemani balandligi boʻyicha bir necha qismga ajratadi, uning mustahkamligini oshiradi, turli yuk va toʻlqinlar zarbini oʻziga qabul qiladi. Palubada xizmat va turar joy xonalari, mexanizm va jihozlar joylashadi. Poʻlat kemalarda Paluba poʻlat listlardan qilinib, boʻylama va koʻndalang bogʻlovchilar bilan mustahkamlanadi. Palubaning kema bortiga tegib turadigan joylari uzunasiga qalin poʻlat toʻshamadan yasaladi. Kema korpusida bir yoki bir necha Paluba va platforma boʻladi.