PALLADIO

PALLADIO (Palladio) (haqiqiy familiyasi di Pyetro) Andrea (1508.30.11, Paduya (?) – 1580.19.8, Vichensa) — italyan meʼmori. Soʻnggi uy-gʻonish davri namoyandasi. Qad. va renessans anʼanalari asosida shahar saroylari (Vichensadagi Kyerikati palassosi, 1550), shahar tashqarisidagi villalar (Vichensa yaqinidagi «Rotonda», 1551—67), ibodatxona (Venetsiyadagi Il-Redentore, 1592-y. da tugallangan), teatrlar (Vichensadagi Olim-piko teatri, 1580—85) barpo etish us-lubini ishlab chiqqan. Order tizimini ijodiy qoʻllagan holda binolarni shaqar yoki tabiat bilan oʻzaro bogʻlashga erishgan. Palladio ijodi va uning «Meʼmorlik haqidagi toʻrt kitob» traktati (1570) palladiochilik rivojiga imkon yaratdi, 17—18-a. lar Yevropa meʼmorligi yuksalishiga katta taʼsir koʻrsatdi.