PALLAVLAR

PALLAVLAR — Jan. Hindistondagi Shim. Tamilnad hududida qadimda mavjud boʻlgan Pallavlar davlati (mil. 3—9-a. lar) ni boshqargan sulola. P. ning 3 sulolasi maʼlum (3—6a. lar; 6-a. oxiri —8-a. oʻrtalari; 8-a. oʻrtalari — 9-a. lar). P. Narasimxa I davrida (7-a.) ravnaq topgan, u Vatapidagi Gʻarbiy Chalukyalarni tormor qilgan va Seylon (hoz. Shri Lanka)ga zafarli yurish uyushtirgan. Poytaxti — Kanchi sh. boʻlgan. 893-y. P. davlati Chola davlati tomonidan tugatilgan. Pallavlar xonadoniga mansub vassal hokimlar 10—13-a. larda ham boʻlgan.