PALINGENEZIS

PALINGENEZIS, palingenez (yun. palin — qayta, yana va genesis — kelib chiqish, tugʻilish) — Yerning chuqur qatlamlaridagi magmatik togʻ jinslarining qisman yoki toʻla erib magmaga aylanish jarayoni. «Palingenezis» termini fanga finlyandiyalik geolog Ya. Syoderxolm tomonidan kiritilgan (1907-y.). Geotektonik sharoitga qarab Palingenezisga uchragan togʻ jinslarining choʻkish yoki qatlamlarning bir-birining ostiga siljish jarayonlari farq qilinadi. Palingen magmaning Yer yuzi yaqiniga koʻtarilishi orogen intruzivlar va diapir-plutonlar paydo boʻlishiga olib keladi.