PALEOTSEN BOʻLIMI

PALEOTSEN BOʻLIMI (epoxasi) , paleotsen — paleogen sistemasi (davri)nmt quyi boʻlimi. 1874-y. Dezor tomonidan yuqori boʻr davri kiritilgan. Daniya yarusi keyingi tadqiqotlar natijasida (Xardenbol va Bergren, 1978) Paleotsen boʻlimi boʻlimining eng quyi qismiga oʻtkaziladi. Paleotsen boʻlimi koʻpgina mintaqalarda 2 (yuqori va quyi) boʻlimga ajratiladi. Oʻzbekiston hududida umumiy qabul qilingan yaruslar yoʻq. Har bir region uchun oʻziga xos majmua, svita va qatlar ajratilgan. Fargʻona botigʻida buxoro qatlami, Surxondaryoda — oqjar va buxoro qatlamlari ajratilgan.