PALEOTIP TOF JINSLARI

PALEOTIP TOF JINSLARI (paleo… va typos — tur, qiyofa) — ikkilamchi jarayonlar natijasida kuchli oʻzgargan vulkanik tog jinslari. Kaynotip togʻ jinslaridan farq qiladi. Paleotip tof jinslarining oʻzgarishi tarkibidagi vulkanik shisha ikkilamchi minerallarga almashinuvi b-n bogʻliq. Lekin tog jinslarining oʻzgarishi ularni yoshiga bogʻliq emasligi maʼlum, mas, Islandiyadagi uchlamchi davrga mansub bazaltlar — P. t. j., aksincha, qad. paleozoy davriga mansub otqindi vulkanik jinslar oʻzgarmasdan qolgan (kaynotip jinslar). Paleotip tof jinslari vaularning kaynotip turlari alohida xossalarga va nomlarga ega, mas, bazaltning paleotip xili — bazaltli porfirit, doleritniki — diabaz; riolit yoki datsitning paleotip turi kvarsli porfir deb yuritiladi. Birlamchi mine-rallar ham oʻzgaradi: albitlanadi yoki seritsitlanadi, toʻq rangli minerallar xlorit va epidot bilan almashadi. Natijada vulkanik tog jinslarining koʻrinishi ham oʻzgaradi, yaltirogʻi ketadi, xiralashadi; nordon Paleotip tof jinslari pushti rangga, asosli Paleotip tof jinslari esa binafsha rangga ega boʻladi.