PALEOANTROPOLOGIYA

PALEOANTROPOLOGIYA (paleo… va antropologiya) — antropologiyaniig kad. kazilma odamlarning (pitekantrop, sinantrop va b.) tiplarini oʻrganuvchi sohasi. Paleoantropologiya qazilma odamlar va odamning yaqin oʻtmishdoshlari — oliy primatlar suyak qoldiqlarini oʻrganadi. Shuningdek, Paleoantropologiya qiyosiy anatomiya va embriologiya bilan birga odamning kelib chiqishi va uning evolyutsiyasi muammolarini aniqlashga xizmat qiladi. Shu sababli Paleoantropologiya ham antropogenez toʻgʻrisidagi taʼlimot tarkibiga kiradi.