PALEMBANG

PALEMBANG — Indoneziyadagi shaxar. Jan. Sumatra provinsiyasining maʼmuriy markazi. Musi daryosining kuyilish joyidan 86 km yuqoridagi port. Aholisi 1,4 mln. kishi (1990-y. lar oxiri). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Palembang — mamlakatda neft kazib olinadigan asosiy r-nning markazi. Neft va kauchukni qayta ishlash, oziq-ovqat, kemasozlik, toʻqimachilik, qurilish materiallari, azot oʻgʻitlari z-di bor. Chetga neft va neft mahsulotlari, kauchuk, kofe va h. k. chiqariladi.