PALANA

PALANA — RF Kamchatka ya. o. dagi shaharcha, Koryaklar muxtor okrugi markazi. Palana daryosi sohilida, uning Oxota dengiziga quyilish joyidan 8 km masofada. Axrlisi 4,1 ming kishi (1998). Baliqchilik, yoqilgʻi va oziq-ovqat sanoati korxonalari, oʻlkashunoslik muzeyi bor.