PALADIN

PALADIN (soʻnggi lot. palatinus — saroy mulozimi) — oʻrta asr Gʻarbiy Yevropa adabiyotida Buyuk Karl safdoshlarining atalishi. Keyinchalik oʻz hukmdori yoxud xonimiga sodiq boʻlgan jasur ritsarlarni Paladin deb atay boshlaganlar. Majoziy maʼnoda — qandaydir gʻoya, ish, shaxsga cheksiz sadoqatli boʻlgan kishi.