PAKSAS

PAKSAS Rolandas (1956.10.6, Telshyay sh.) — Litva davlat arbobi. Vilnyus qurilish muhandislari in-ti (1979), hoz. Sankt-Peterburg Fuqaro aviatsiyasi akademiyasi (1984)ni tugatgan. Dastlab yoʻriqchi-uchuvchi, keyinchalik Vilnyus sh. dagi «Dariyus va Giryunas» uchuvchilar klubi direktori, Koʻngilli milliy mudofaa xizmati boshligʻi boʻlib ishlagan. 1992 — 97 y. larda «Restako» qurilish kompaniyasi prezidenti. 1997-y. dan Vilnyus sh. kengashi aʼzosi, 1999-y. shahar meri. Shu yili Litva bosh vaziri, Litva Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Prezidentning maxsus topshiriqlar boʻyicha favqulodda elchisi, 2000-y. dan yana Vilnyus sh. meri va Litva seymi deputata. 2000-y. noyab. — 2001-y. iyunda Litva bosh vaziri. 2002-y. martdan yangi tuzilgan Litva liberal-demokratlar partiyasi raisi, 2003-y. 5 yanv. dan Litva Respublikasi Prezidenti.