PAKOMBO

PAKOMBO (? – 1867-y. dek.) – Kambodjada fransuz mustamlakachilari va mulkdorlarga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon rahbari; 1866—67 y. larda yuqori choʻqqisiga chiqqan. Pakombo oʻzini qirol Ang Channing nabirasi deb eʼlon qilgan. Qoʻzgʻolonchilar Pakombo rahbarligida bir qancha viloyatlarni egallaganlar. Ularning asosiy kuchlari 1866-y. fransuz qoʻshinlari va qirol otryadlari tomonidan tormor keltirilgan. Pakombo asir olinib, qatl etilgan.