PAK

PAK (ing. pack) , pak muzi — qutb havzalaridagi koʻp yillik dengiz muzi. Pak bir tekis qalinlikdagi (3—5 m) mustahkam muz dalalaridan iborat. Keng muz dalalari shaklida, asosan, Arktika havzasida kuzatiladi. Uning toʻgʻri nomi — koʻp yillik muz.