PAK Nikolay Semyonovich

PAK Nikolay Semyonovich (1922.5.5, Xitoy) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1979). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1960). 2-ja-hon urushi qatnashchisi (1941—46). 1946-y. dan Oʻzbekistonda. 1960-y. dan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tida pedagog, 1981-y. dan dotsent, 1989-y. dan prof. Pak asarlari oʻzbek xalqi (jumladan, qishloq) hayotiga, urfodatlariga bagʻishlangan: «Choʻpon Sobirov», «Qahramon ona», «Suv keldi», «Mehmonda», «Ayol mehnati» va b. P., shuningdek, turkum asarlar ham yaratgan: «Vyetnam bolalari», «Amerika bolalari» va b.