PAYSHANBA

PAYSHANBA — Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi shaharcha (1989-y. dan). Tuman markazi. 450 m balandlikda joylashgan. Yaqin t. y. stansiyasi — Kattaqoʻrgʻon (12 km), Samarqand sh. gacha 90 km. Aholisi 19 ming kishidan ziyod (2001).

Payshanba dagi tepaliklari mil. av. 5—4-a. lardagi oid ostadonlarning topilishi u yerda qadimda aholi yashaganligi tasdiqlaydi. Qulay geografik mavqega ega boʻlgan Payshanba ravnaq topib 18-a. oxirida mudofaa devori bilan oʻralgan 3 darvozali shaharga aylangan. 18—19-a. larda Payshanbada toʻqimachilik, chitgarlik, zargarlik, qandolatchilik, kulolchilik, misgarlik, attorlik, ganchkorlik, temirchilik kabi hunarmandchilik turlari rivojlangan. 1868-y. dan Payshanba volostining markazi boʻlgan. Payshanbada 1905—08-y. larda Rossiyaning mustamlakachilik zulmiga qarshi Namoz Pirimqul oʻgʻli boshchiligidagi xalq qurolli harakati boʻlib oʻtgan. Qadimda Payshanbada masjid va madrasalar, karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan. Bulardan Odina masjidi (taxm. 17—18a. lar) ulugʻvorligi bilan ajralib turgan, uni «Ona masjid» deb ham atashgan. 1791-y. P. da Muhammad Aminxoʻja Naqib Madrasa qurdirgan, 1902-y. da rus-tuzem maktabi binosi (hoz. pochta) qurilgan. Payshanbada tuman hokimiyati binosi, gʻisht z-di, non k-ti, pilla qabul qilish korxonasi bor. Novvoylik, qandolatchilik, tikuvchilik, etikdoʻzlik, tandirchilik, baqqollik, duradgorlik, temirchilik bilan shutullanuvchi kichik korxonalar mavjud. 5 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar litseyi, bolalar sport, musiqa maktablari, oʻsmirlar futbol maktabi faoliyat koʻrsatadi. 3 muzey, 4 kutubxona, markaziy kasalxona (400 oʻrin), sil kasalliklari shifoxonasi (40), ambulatoriya va poliklinika, kattalar va bolalar, stomatologiya poliklinikalari ishlab turibdi. Bir qancha madaniy, maishiy, savdo xizmati koʻrsatish shoxobchalari, Qalandarxona jome masjidi bor.