PAYKON

PAYKON — 1) kamon oʻqining uchi, oʻq uchidagi metall bashoq. Paykon mezolit, neolit va jez davrlarida chaqmoq toshdan, baʼzan, hayvon suyaklaridan yasalgan. Jezdan yasalgan Paykon temir davrining dastlabki davrlarida keng tarqalgan. Temirdan yasalgan Paykon miloddan avval qurollanishga kirib kelgan. Paykon aksar hollarda zoʻgʻatali qilib yasalgan va uni sanchilgan badandan sugʻurib olish amri mahol boʻlgan; 2) nayzaga qadaladigan uch; 3) tikon; 4) mumtoz adabiyotda Paykon majozan kiprik maʼnosini xam ifodalagan.