PAYVANDUST

PAYVANDUST — 1) payvandtagp ulanadigan qalamcha yoki kurtak; 2) ulangan qalamcha yoki kurtakdan oʻsib chiqqan oʻsimlikning yer ustki qismi. Payvandust navdor, sogʻlom, hosildor, turli noqulay sharoitlarga chidamli oʻsimliklardan olinadi.