PAY

PAY, hissa — firma, kompaniya, jamiyat, shirkatning umumiy kapitalida muayyan jismoniy yoki yuridik shaxs hissasiga toʻgʻri keladigan pul badali summasi yoki ulush. Pay egasi oladigan daromad, dividend, shuningdek, kompaniya tugatilganda u oladigan mulk ulushi yoki pul mablagʻlari Pay mikdoriga bogʻliq boʻladi. Pay badallari shirkat yoki kompaniyaning P. fondini tashkil etadi. Pay pay guvohnomasida qayd etiladi.