PAGUOSH HARAKATI

PAGUOSH HARAKATI — olimlarning tinchlik, qurolsizlanish, xalqaro xavfsizlik va ilmiy qamkorlik uchun yoʻnaltirilgan ijtimoiy harakati. Tashabbuskorlari (1955): A. Eynshteyn, F. Jolio-Kyuri, B. Rassel. P. h. tarafdorlarining 1-konferensiyasi 1957-y. da Paguosh sh. da (Kanada) boʻlgan. Shundan buyen, odatga koʻra, yil sayin oʻtkaziladi.